Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan tashkil etilgan Kongressida mahalliy olimlar, ekspertlar, shifokorlar, klinik farmakologlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati va vakillari, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikistondan xorijiy mutaxassislari ishtirok etdi.
Kongress doirasida klinik farmakologiya fanining istiqbollari, zamonaviy farmakoterapiyaning asosiy muammolari, yechimlari
va yutuqlari muhokama qilinib, mutaxassislar bir birlari bilan oʻzaro fikr almashdi.
Aholi salomatligini yanada mustahkamlash, jismoniy sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sanaladi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda tibbiy xizmat sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun yaxshi va zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, — deydi TTA 1-son oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar va preventiv tibbiyot asoslari kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Nargiza Nurillayeva. — Mazkur sohada faoliyat olib borish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq qabul qilingan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish dasturi qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi.
Bir soʻz bilan aytganda ushbu Kongress mazkur yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislar malakasini oshirish dasturlarining standart boʻlagiga aylanishiga asos boʻladi.
Hamkorlik materiali