Jumladan, OTM tegishli kafedralarining OAV tahririyatidagi ixtisoslashgan boʻlimlarini tashkil etish orqali nazariya va amaliyot uygʻunligini taʼminlash, boʻlgʻusi mutaxassislarning tahririyat muhitida shakllanishiga koʻmaklashish zarurligi hujjatda aks etgan.
Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tadbirda tahririyat bosh muharriri S.Doniyorov, universitet rektori I.Majidov va boshqalar qatnashdi.
Kelishuvga koʻra, tahririyatda Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining matbuot boʻlimi ochiladi. Unda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun ish rejalari ishlab chiqiladi. Tahririyatdagi tajribali muharrirlar, dizaynerlar oʻquv jarayoniga, asosan, amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun taklif etiladi. Gazetani chop etishga tayyorlash jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun talabalarga zarur shart-sharoit yaratiladi.
Malakasi, qiziqishi va iqtidoridan kelib chiqib, boʻlgʻusi mutaxassislar tegishli yoʻnalish boʻyicha tahririyatdagi xodimlarga biriktiriladi. Zotan tahririyat muhitida nafas olib, amaliyot xususida muayyan koʻnikmaga ega boʻlgan talabaning oʻqishdan keyin ish jarayoniga kirishishi oson kechadi.
Davlatimiz rahbarining shu yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari zimmasiga ham muayyan vazifalar yuklangan.