Strategik islohotlar agentligi va Turizm qoʻmitasi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (Oʻzbekiston – oltin yoʻl) nomli hujjatli film yaratildi.
Mazkur film “National Geographic” telekanali orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligida «Meni kutgin« nomli yangi xalqaro kinoloyiha ilk bor suratga olinishi rejalashtirilmoqda.
“Riviera” kinoteatrida birinchi oʻzbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov haqidagi hujjatli filmning yopiq namoyishi boʻlib oʻtdi.
Los-Anjelesda Oskar mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-52-son, 12.02.2025-y.) qabul qilindi.
Joriy yil 30-yanvar – 1-fevral kunlari Vengriya poytaxtida ilk marotaba «Oʻzbek kinosi kunlari« boʻlib oʻtadi.
Kinematografiya agentligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi va Yoshlar agentligi bilan hamkorlikda Xalqaro bolalar kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtadi.
Samarqanddagi “Moʻjiza” amfiteatrida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Ezgu film” studiyasi tomonidan yaratilgan “Amir Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy-badiiy filmining premerasi oʻtkazildi.
Sinopsisga koʻra, voqealar rivoji 1964-yilda suratga olingan “Yor-yor” bilan deyarli bir xil. Birgina farqi yangi “Yor-yor”da voqealar Yangi Oʻzbekiston davrida boʻlib oʻtadi.