Joriy yil 21-22-aprel kunlari Termiz shahrida “Istanbul protokoliga muvofiq qiynoq va shafqatsiz muomalani sud-tibbiy hujjatlashtirish” mavzusida trening boʻlib oʻtdi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Doimiy kengashining navbatdagi majlisida mamlakatimizning YEXHTdagi Doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov “Oʻzbekistonda oʻtgan parlament saylovlari natijalari” mavzusida maʼruza qildi.
Toshkent shahrida “Genderga sezgir jazoni ijro etish muassasalari boshqaruvi strategiyalari: ilgʻor tajriba va asosiy muammolar” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
2024-yil 25-oktyabrda Senat Raisi Tanzila Narbayeva YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi missiyasi rahbari Duglas Ueyk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Joriy yil 25-sentyabrda Markaziy saylov komissiyasida YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (DIIHB) hamda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining (MDH) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlarini kuzatish boʻyicha missiyasi vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashdi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi R. Alimov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi Buxarest (Ruminiya)da boʻlib oʻtayotgan YeXHT Parlament Assambleyasining yozgi sessiyasida ishtirok etyapti.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Oʻzbekistonga YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari tashrif buyurdi.
14-15-may kunlari Toshkent shahrida “Ayollar yetakchiligini ragʻbatlantirish” mavzusida trening boʻlib oʻtyapti.