Boysun tumani “Koʻchkak” mahallasida yashovchi fuqaro B. R va boshqalarga chiqindilarni tashish boʻyicha xizmat koʻrsatilmagan boʻlsa-da noreal qarzdorlik hisoblangan.
Prezidentning “Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–296-son, 06.10.2025-y.) qabul qilindi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmita raisi Qutbiddin Burxonov aloqa operatorlari abonentlar mablagʻini ularning roziligisiz yechib olayotgani masalasiga eʼtibor qaratdi.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishlab chiqarish korxonasiga jamoatchilik soʻrovi bilan murojaat qildi.
Holatni oʻrgangan Raqobat qoʻmita toʻplangan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yubordi.
2024-yil davomida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Toshkent shahri hududiy boshqarmasiga Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish yoʻnalishida 9 071 ta murojaat kelib tushga
Surxondaryo viloyatida benzinni koʻrsatilgan miqdordan kam bergan AYOQSHning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Navoiyazot” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyasi holatlarini aniqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021-2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni va ushbu hujjat asosida tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki darajasini oshirish masalasi ustuvor vazifa etib belgilangan.
Joriy yil 6-8-dekabr kunlari Keniya poytaxti Nayrobi shahrida Xalqaro iste'molchilar tashkilotining yillik global kongressi bo'lib o'tdi.