Oʻzbekiston Respublikasi aholisi uchun aviaparvozlar imkoniyatini oshirish maqsadida, Uzbekistan Airways iqtisodiy klass tariflar tizimini toʻliq yangiladi.

Oʻzbekiston aholisi uchun aviaqatnovlarni yanada qulayroq qilish maqsadida Uzbekistan Airways mahalliy parvozlardagi ekonom-klass tariflari tarkibini yangiladi.

Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, endi avvalgi 10 ta tarif turi oʻrniga 4 ta soddalashtirilgan tarifdan iborat tizim joriy etildi, bu esa quyidagilarni taʼminlaydi:

  • narx boʻyicha tarif tanlash tushunarliroq boʻladi;
  • minimal tariflar boʻyicha oʻrinlar soni oshiriladi;
  • koʻproq yoʻlovchilar uchun arzon reyslar imkonini beradi;
  • (toʻrtta tarifning har biri qaytarish imkoni bilan — yukli va qaytarib boʻlmaydigan — yuksiz variantlarda taqdim etiladi)

Yangi tariflar quyidagi yoʻnalishlarda qoʻllanadi:

  • Toshkent — Samarqand: 249 ming soʻmdan;
  • Toshkent — Namangan: 249 ming soʻmdan;
  • Toshkent — Fargʻona: 249 ming soʻmdan;
  • Toshkent — Buxoro 293 ming soʻmdan;
  • Toshkent — Qarshi: 278 ming soʻmdan;
  • Toshkent — Termiz: 424 ming soʻmdan;
  • Toshkent — Urganch: 512 ming soʻmdan;
  • Toshkent — Nukus: 512 ming soʻmdan;
  • Buxoro — Urganch: 336 ming soʻmdan.

Narx bir yoʻnalish uchun koʻrsatilgan boʻlib, qaytish yoʻnalishida ham xuddi shunday narx belgilangan. U chet el valyutasiga bogʻliq va hozirgi vaqtdagi tarifni aks ettiradi.